Template:Appeal/Adrianne/uz

Revision as of 16:21, 9 November 2012 by Seddon (WMF) (talk | contribs) (Created page with "{{Template:2011FR/quote |Bola uchun bu ishqibozlik juda qimmat turadi. Kitoblar. Men ota-onam sotib olgan har bir kitobni o'qib chiqardim - va darrov boshqasini so'rardim. O's...")
(diff) ← Older revision | Latest revision (diff) | Newer revision → (diff)

Bola uchun bu ishqibozlik juda qimmat turadi. Kitoblar. Men ota-onam sotib olgan har bir kitobni o'qib chiqardim - va darrov boshqasini so'rardim. O'shanda ular o'z bank xisobvarag'ini asrashning yo'lini topishdi. Ular men uchun «Jeyn Eyr»ni sotib olishdi.

Adrianne Wadewitz

Bu katta roman meni to'liq qamrab oldi, lekin men sevib qoldim. Beshinchi kursda bizga o'z kursdoshlarimizga tanlash imkoniyati bilan ixtiyoriy fanni o'qitish vazifasini yuklashdi. Men XIX asr adabiyoti bo'yicha ma'ruza o'qidim.

Hozirgi vaqtda, sizlar taxmin qilgan bo'ishlaringiz mumkin, men ingliz lingvistikasiga ixtisoslashgan professor bo'lib hisoblanaman. Bundan tashqari, men "Frankenshteyn" muallifi Meri Shelli va "G'urur va dastlabki fikr"ni yozgan Jeyn Ostin kabi yozuvchilarga bag'ishlangan maqolalarni tahrirlagan holda Vikipediyaga hissa qo'shaman.

Men qachonki Vikipediyadagi o'z ishim haqida o'ylasam, men o'zim haqimda axborot kiritayotgan odam deb emas, balki o'zimni o'qituvchi sifatida tasavvur qilaman. Vikipediya yordamida bilimlarni sinf xonalarining chegaralaridan ancha uzoqlarga tarqatishga erishaman. Faqatgina o'tgan oyda Jeyn Ostinga bag'ishlangan Vikipediyadagi maqola 150 000 marotaba o'qilgan.

Menda o'z universitetimda ko'pchilik sifatli resurslarga ruxsat bor. Lekin ko'pchilik odamlar ulardan foydalana olmaydi; ular "Paywall" (obuna internet-resurslariga ruxsat berish tizimi) ortiga yashiringan. Vikipediyani tahrirlagan holda men bu adolatsizlikni to'g'rilashga yordam berishim mumkin.

Menga yangi narsalarni o'rganish yoqadi. Har doim o'rganish uchun biror narsa topiladi. Men qat'iy ishonamanki, bilimlar hammaga ochiq bo'lishi kerak.

Rozimisiz? U holda meni qo'llab-quvvatlang va Vikipediyaga o'z hissangizni qo'shing.